Putin Rossiyaning MDHda raislik qilishiga Ukrainaning qarshi chiqishiga javob berdi

Putin Rossiyaning MDHda raislik qilishiga Ukrainaning qarshi chiqishiga javob berdi
Putin Rossiyaning MDHda raislik qilishiga Ukrainaning qarshi chiqishiga javob berdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiyaning 2017 yilda MDHda raislik qilishiga Ukrainaning e’tiroz bildirishiga izoh berdi.

Ukrainaning Bishkekdagi elchisi Nikolay Doroshenko Rossiya xalqaro huquq me’yorini buzgani va Ukrainaning bir qismini qo‘shib olgani sababli Kiev Rossiyaga MDHda raislik qilishning berilishiga qarshi ekanligini aytgan.

Putin Ukraina MDH kengashi ishi bo‘yicha o‘z takliflarini bildira olmasligini aytdi.

\"Rossiyaning MDHda raisligiga kelsak, Ukraina, afsuski, MDH nizomini imzolamagan va ratifisiya qilmagan va shuning uchun bu tuzilmaning ishi bo‘yicha o‘z takliflarini kiritishga da’vogarlik qilishi drgumon\", deb aytdi Putin.

Avvalroq MDH sammitida 2017 yil 1 yanvardan hamdo‘stlikda raislik qilishning Rossiyaga o‘tishi haqidagi qaror rasmiylashtirildi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.