Eronda o‘nlab xavfsizlik xodimlari hibsga olindi

Eronda o‘nlab xavfsizlik xodimlari hibsga olindi
Foto: Google Images
Eronda HAMAS siyosiy byurosi rahbari Ismoil Haniyaning o‘ldirilishi bo‘yicha tergov doirasida yigirmadan ortiq kishi hibsga olindi. Bu haqda Amerikaning The New York Times manbalarga tayanib xabar berdi.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, qo‘lga olinganlar orasida yuqori martabali razvedkachilar va harbiylar ham bor. Gazetaning ta’kidlashicha, tergov ko‘lami nihoyatda kattaligi xavfsizlik tizimining zaifligini ko‘rsatmoqda.

Eslatib o‘tamiz, HAMAS siyosiy byurosi rahbari Haniya 31 iyulga o‘tar kechasi Tehrondagi qarorgohida bomba portlashi oqibatida halok bo‘lgan edi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.