Eronning Isroilga ehtimoliy zarbasi qaysi nishonlarga qaratilishi ma’lum bo‘ldi

Foto: Google Images
Eron Isroilga hujumda Quddus va Tel-Avivdagi hukumat binolariga, jumladan, bosh vazir Binyamin Netanyaxu idorasi va parlamentga hujum qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Eron qurolli kuchlarining Defapress portali yozmoqda.
Ehtimoliy nishonlar orasida Tel-Avivdagi Ben-Gurion, Xayfa va Ramon aeroportlari ham bor.
Bundan tashqari, 8 ta havo bazasi, 3 ta port va bir qator energetika infratuzilmasi obyektlari nishonga aylanishi mumkin.
Avvalroq Eron Vengriya orqali Isroilni hujumdan ogohlantirgani xabar berilgandi. Unga ko‘ra, Vengriya TIV rahbari Peter Siyarto isroillik hamkasbi Isroil Katsga qo‘ng‘iroq qilgan va unga ushbu ma’lumotni Eron TIV rahbari vazifasini bajaruvchi Ali Bageri Kani bilan suhbat chog‘ida olganini tushuntirgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Eron Isroilga hujumda Quddus va Tel-Avivdagi hukumat binolariga, jumladan, bosh vazir Binyamin Netanyaxu idorasi va parlamentga hujum qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Eron qurolli kuchlarining Defapress portali yozmoqda.
Ehtimoliy nishonlar orasida Tel-Avivdagi Ben-Gurion, Xayfa va Ramon aeroportlari ham bor.
Bundan tashqari, 8 ta havo bazasi, 3 ta port va bir qator energetika infratuzilmasi obyektlari nishonga aylanishi mumkin.
Avvalroq Eron Vengriya orqali Isroilni hujumdan ogohlantirgani xabar berilgandi. Unga ko‘ra, Vengriya TIV rahbari Peter Siyarto isroillik hamkasbi Isroil Katsga qo‘ng‘iroq qilgan va unga ushbu ma’lumotni Eron TIV rahbari vazifasini bajaruvchi Ali Bageri Kani bilan suhbat chog‘ida olganini tushuntirgan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













