Putinning sobiq tansoqchisi Tula viloyatiga gubernator bo‘ldi

Putinning sobiq tansoqchisi Tula viloyatiga gubernator bo‘ldi
Putinning sobiq tansoqchisi Tula viloyatiga gubernator bo‘ldi

Tula viloyati gubernatorligi uchun saylovda viloyati rahbari vazifasini vaqtincha bajaruvchi sifatida ishlab kelgan, o‘z vaqtida mamlakat prezidenti Vladimir Putinning tansoqchisi bo‘lgan Aleksey Dyumin barcha ovozlar hisob-kitob qilib bo‘linganidan keyin o‘z siyosiy raqiblarini sezilarli farq bilan ortda qoldirib, birinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda Tula viloyati MSK xabar bergan, deyiladi \"Kun\" nashrida.

Aniqlik kiritilishicha, Dyumin 84,17 foiz ovoz to‘plagan. Ikkinchi o‘rinni KPRF partiyasi a’zosi Oleg Lebedev egallagan (7,53 foiz). Uchinchi o‘rinni «Kommunistы Rossii» vakili Oleg Veselov (3,41 foiz), to‘rtinchi o‘rinni «Rossiyskoy partii pensionerov za spravedlivost» vakili Nikolay Ogolsov (2,92 foiz) band etgan.

Saylovda davomat 45,5 foizni tashkil qilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.