Ramzan Qodirovning o‘g‘li Adam oliy mukofot bilan taqdirlandi

Ramzan Qodirovning o‘g‘li Adam oliy mukofot bilan taqdirlandi
Checheniston rahbarining o‘g‘li, xavfsizlik boshqarmasi boshlig‘i lavozimini egallab turgan Adam Qodirov Chechenistonning oliy mukofoti – Qodirov ordeni bilan taqdirlandi. Bu haqda respublika milliy siyosat, tashqi aloqalar, matbuot va axborot vaziri Axmed Dudayev ma’lum qildi.

Uning qo‘shimcha qilishicha, bu mukofot Adamning yuksak axloqiy fazilatlari va o‘z ishiga fidoyiligining munosib e’tirofi hisoblanadi.

«Ushbu yuksak mukofot uning fidoyiligi va yuksak maqsadlar sari intilishi timsoliga aylansin, Adam Qodirovga bundan keyin ham muvaffaqiyatlar, ilhom va farovonlik tilayman!» – deb yozdi Dudayev o‘zining Telegram-kanalida.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.