Habib Nurmagomedov mashg‘ulotlar vaqtida jarohat oldi

Habib Nurmagomedov mashg‘ulotlar vaqtida jarohat oldi
Yengil vazn toifasida UFC sobiq chempioni Habib Nurmagomedov mashg‘ulot paytida jarohat oldi.

Dog‘istonlik sportchi Instagram sahifasiga ko‘zidan olgan jarohati suratini joylashtirib, “balki qariyotgandirman” degan izoh qoldirdi. Nurmagomedov mashg‘ulotlar vaqtida kichik jarohat olgan.
Habib Nurmagomedov mashg‘ulotlar vaqtida jarohat oldi
Foto: Instagram / Habib Nurmagomedov
Bir oz muddat avval Habib Federal soliq xizmatiga 79,3 million rubl qarzini to‘lagani xabar qilingandi.

Habib Nurmagomedov 2020 yilning 24-oktyabrida UFC 254 musobaqasida oktagondagi oxirgi jangini o‘tkazgan. Ushbu musobaqadagi jang orqali Habib ketma-ket uchinchi bor chempionlik kamarini himoya qilgan.

Unga Jastin Getji raqiblik qilgandi. Nurmagomedov Getjini bug‘ish usuli bilan muddatidan oldin mag‘lub etgan. Bu dog‘istonlik jangchining 29-g‘alabasi edi. Jangdan so‘ng sportchi faoliyatini yakunlaganini e’lon qilgandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.