Meksikalik vazir Trampni shaytonga tenglashtirdi


Meksika AQShda noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovida Donald Tramp g‘alaba qozongan taqdirda “shayton bilan gaplashishga” to‘g‘ri keladi. Bu haqda Meksika iqtisod vaziri Ildefonso Guaxardo ma’lum qilgan.
\"Agar bizga meksikaliklar xavfsizligini ta’minlash uchun uchun iblis bilan gaplashishga to‘g‘ri kelsa, unda u bilan gaplashamiz\", — deb Guaxardo so‘zlaridan iqtibos keltiradi “Kun” nashri.
Vazirning bu so‘zlari AQSh prezidentligiga Respublikachilar partiyasidan nomzod Donald Trampning Meksikaga tashrifidan so‘ng 20 kun o‘tib e’lon qilingan. Trampa Mexikoda mamlakat prezidenti Enrike Peney Neto bilan NAFTA kelishuviga aloqador masalalar muhokama etilgan edi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













