Malayziya bosh vaziri G‘arbni ikkiyuzlamachilikda aybladi

Malayziya bosh vaziri G‘arbni ikkiyuzlamachilikda aybladi
Foto: Global Look Press
Malayziya bosh vaziri Anvar Ibrohim hukumat Ukrainada ham, G‘azo sektorida ham mojarolarni hal etish tarafdori ekanligini ma’lum qildi.

G‘arb davlatlarining bu boradagi xatti-harakatlari ikkiyuzlamachilikdir, chunki ular axloqiy tamoyillardan butunlay voz kechgan”, dedi u RT bilan suhbatda.

U falastinliklarga qarshi vahshiylik qilinayotgani, G‘arb davlatlari esa prinsiplardan butunlay voz kechgani va u bundan hayratda qolganini ta’kidlagan.

Ibrohimning so‘zlariga ko‘ra, Malayziya tinchlik tarafdori va boshqa davlatga zarba berishi uchun mojaro ishtirokchilaridan hech biri tomonidan qurollanishni kuchaytirishni qo‘llab-quvvatlamaydi.

G‘arb bu masalada “noaniq pozitsiya”da hamda ikkiyuzlamachilik qilmoqda”, deya xulosa qilgan siyosatchi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.