Boris Jonson: Ukraina ommaviy safarbarlikka muhtoj

Boris Jonson: Ukraina ommaviy safarbarlikka muhtoj
© Sputnik / Aleksey Vitvitskiy
Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri Boris Jonson prankerlar Vovan (Vladimir Kuznetsov) va Leksus (Aleksey Stolyarov) bilan suhbatda Ukraina ommaviy safarbarlikka muhtoj ekanligini aytdi, chunki \"ular hali ko‘p yoshlarni chaqirishmagan\", deb yozmoqda RIA Novosti.

Prankerlar \"to‘q sariq inqiloblar\" mafkurasi, globalist iqtisodchi va Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning homiysi Jak Attali nomidan so‘zlashdi.

\"Ularda hali ommaviy safarbarlik bo‘lgani yo‘q. Men ko‘rgan Ukraina armiyasi, faxriylar, ular ancha mustahkam, yoshi katta, yetuk yigitlar va hali ko‘p yoshlarini chaqirishmagan”, — dedi Jonson.

Bundan tashqari, Jonsonning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainaga “yaxshiroq texnikalar” kerak.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.