Tramp Harrisga rad javobini berdi: «Yengilgan kurashga to‘ymas»

Tramp Harrisga rad javobini berdi: «Yengilgan kurashga to‘ymas»
Foto: Raadio 4 - ERR
Donald Tramp Kamala Harrisning yana debat o‘tkazish taklifini rad qildi.

«Mag‘lub bo‘lgan bokschi yana jang qilaman, revansh olaman deydi», — so‘z o‘yini qilgan Tramp o‘zini Harris bilan o‘tgan debat g‘olibi sanamoqda.

Yaxshisi, Harris to‘rt yil davomida uddalay olmagan majburiyatlariga diqqatini qaratsin, deya qo‘shimcha qilgan Tramp uchinchi debat o‘tkazilmasligini aytdi.

10 sentyabrda o‘tgan debat ko‘plab bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi. Tramp o‘zicha g‘olib, ammo Reuters va Ipsos o‘tkazgan oxirgi so‘rovlar natijalari amaldagi saylovoldi kurashida vitse-prezident Kamala Harris saylovchilar tomonidan ko‘proq qo‘llanayotganini ko‘rsatmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.