Britaniyada ayol bir bolani ikki marta dunyoga keltirdi

Foto: The Sun
Buyuk Britaniyada ayol bolasini ikki marta dunyoga keltirdi. Bu haqda Daily Mail xabar berdi.
Homiladorlikning ilk bosqichlarida ona bolaning umurtqa pog‘onasi shikastlanib tug‘ilishi mumkinligini bilib qolgan. Kasallikning rivojlanishini to‘xtatish uchun ayol homiladorlikning oltinchi oyida bolani “tug‘ishga” rozi bo‘lgan. Shifokorlar bolani olib, nuqsonni tuzatgan va uni qaytarib joyiga qo‘ygan.
Chaqaloqning o‘zi 38 haftada tug‘ilgan. Tug‘uruqdan so‘ng bola sakkiz kun davomida intensiv terapiya bo‘limida bo‘lgan. U bir nechta operatsiyalarni boshdan kechirgan. Shifokorlar tashxis tufayli bola katta ehtimol bilan yura olmasligini aytgan. Biroq, onasining so‘zlariga ko‘ra, bir yil ichida fizioterapiya yordamida o‘g‘lining salomatligida ijobiy o‘zgarishlarga erishilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Buyuk Britaniyada ayol bolasini ikki marta dunyoga keltirdi. Bu haqda Daily Mail xabar berdi.
Homiladorlikning ilk bosqichlarida ona bolaning umurtqa pog‘onasi shikastlanib tug‘ilishi mumkinligini bilib qolgan. Kasallikning rivojlanishini to‘xtatish uchun ayol homiladorlikning oltinchi oyida bolani “tug‘ishga” rozi bo‘lgan. Shifokorlar bolani olib, nuqsonni tuzatgan va uni qaytarib joyiga qo‘ygan.
Chaqaloqning o‘zi 38 haftada tug‘ilgan. Tug‘uruqdan so‘ng bola sakkiz kun davomida intensiv terapiya bo‘limida bo‘lgan. U bir nechta operatsiyalarni boshdan kechirgan. Shifokorlar tashxis tufayli bola katta ehtimol bilan yura olmasligini aytgan. Biroq, onasining so‘zlariga ko‘ra, bir yil ichida fizioterapiya yordamida o‘g‘lining salomatligida ijobiy o‘zgarishlarga erishilgan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













