Qozog‘iston prezidenti fotosuratchi qizga shokolad sovg‘a qildi

Qozog‘iston prezidenti fotosuratchi qizga shokolad sovg‘a qildi
Qozog‘iston prezidenti fotosuratchi qizga shokolad sovg‘a qildi

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Qo‘stanaydagi \"Bayan Sulu\" qandolatchilik fabrikasiga tashrif buyurganda fotosuratchi qizga shokolad sovg‘a qildi. \"Bu xursandchilik gormonlari\", deb aytdi Nazarboyev bunday sovg‘ani kutmagan qizga. Bu haqda \"Kun\" xabar berdi.

Nursulton Nazarboyev fabrika ishchilari bilan suhbatlashdi, fabrikaning biskvit ishlab chiqaruvchi sexi ishi bilan tanishdi.

Ayni vaqtda ushbu korxonada 1,5 ming kishi ishlaydi. Korxona o‘z mahsulotlarini Rossiya, O‘zbekiston, Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Germaniya, Xitoy va boshqa davlatlarga eksport qiladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.