«Hizbulloh» rahbarining bunkeriga bir tonnalik bombalardan 85 tasi tashlangan

«Hizbulloh» rahbarining bunkeriga bir tonnalik bombalardan 85 tasi tashlangan
Isroil aviazarbasi oqibatlari. Livan, Bayrut janubi.
Foto: AP Photo / Hussein Malla

Isroil «Hizbulloh» harakatining rahbari Hasan Nasrullohni o‘ldirish uchun Bayrutga har biri bir tonnalik 85 ta bomba tashlagan. Bu haqda TASS SAXAL radiosiga asoslanib xabar berdi.

Radio xabariga ko‘ra, «Hizbulloh» harbiy-siyosiy rahbariyatidan birgina chegaraoldi kuchlari qo‘mondoni Abu Ali Rid tirik qolgan.

27 sentyabr kuni Isroil armiyasi (SAXAL) matbuot kotibi Daniel Xagari bayonot berib, Livan poytaxtidagi «Hizbulloh» harakati bosh shtabiga aviazarbalar berilganini ma’lum qilgandi. Ta’kidlanishicha, obyekt Dahiya tumanidagi turarjoylarning ostida joylashgan bo‘lgan. Livan sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berishicha, Isroil hujumi oqibatida Bayrutda 76 kishi jarohat olgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.