Pokistonda o‘lim jazosiga bo‘lgan taqiq butunlay bekor qilindi


Pokisonda o‘lim jazosiga nisbatan taqiq butunlay olib tashlandi. Bu haqda hukumat vakillariga asoslanib, Agence France-Presse xabar bermoqda.
Mamlakat ichki ishlar vazirligi o‘limga mahkun qilingan jinoyatchilarni osish orqali qatl qilish haqida ko‘rsatma bergan.
Ma’lumot uchun, o‘lim jazosiga taqiq ilk marta o‘tgan yilning dekabrida Peshavorda bo‘lib o‘tgan va 145 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan terroristik xurujdan keyin bekor qilingan edi.
Manba: www.kun.uz
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













