Dunyoga mashhur yulduzlarning gʻayrioddiy uylari (foto)

Dunyoga mashhur yulduzlarning gʻayrioddiy uylari (foto)
Mashhurlar barchani lol qoldirishni juda yaxshi bilishadi. Ular nafaqat sahnada yoki kamera ortida, balki uy qurishda ham ijodiy yondashadi. Quyida jahonga tanilgan yulduzlarning eng noodatiy shakldagi uylarini birgalikda tomosha qilamiz.

Beyonse va Jay-Z
Dunyoga mashhur yulduzlarning gʻayrioddiy uylari (foto)
Foto: Essence
Xonanda Beyonse va Jay-Zga tegishli mazkur uy tashqi tomondan ajralib turmaydi, ammo ushbu koʻchmas mulkni gʻayrioddiy deb atash mumkin. Chunki bu uy Kaliforniyada eng qimmat xonadon sanaladi. Yulduzlar oilasi uni 2023 yilning may oyida 200 million dollarga sotib olishgan.
Dunyoga mashhur yulduzlarning gʻayrioddiy uylari (foto)
Foto: Dzen
Kengligi 30 ming kvadrat metr boʻlgan shohona uy Tinch okeani sohilida, mashhur Billionare's Row hududida joylashgan. Bino yapon arxitektori Tadao Ando tomonidan loyihalashtirilgan boʻlib, uning qurilishi 15 yil davom etgan.
Dunyoga mashhur yulduzlarning gʻayrioddiy uylari (foto)
Foto: Daily Mail
Dunyoga mashhur yulduzlarning gʻayrioddiy uylari (foto)
Foto: Daily Mail
Margo Robbi
Dunyoga mashhur yulduzlarning gʻayrioddiy uylari (foto)
Foto: The Mary Sue
Qoʻgʻirchoqlar uchun atalgan maxsus uy koʻplab qizlarning bolalikdagi orzusi boʻlgan. Barbining pushti rang va plastikdan yasalgan uyi real hayotda ham mavjud.
Dunyoga mashhur yulduzlarning gʻayrioddiy uylari (foto)
Foto: Elite
Dunyoga mashhur yulduzlarning gʻayrioddiy uylari (foto)
Foto: Elite
Ushbu binodan mashhur “Barbi” filmini suratga olish uchun foydalangan. Uning ichidagi barcha predmetlar, hatto hovuzdagi suv ham plastikdan tayyorlangan. Quyidagi videoda filda bosh rolni oʻynagan aktrisa Margo Robbi oʻz qahramonining uyiga boʻylab sayohat uyushtirgan:

Barbilendda na suv, na olov bor. Bu uydagi hech narsa haqiqiy emas. Barbi xonadonidagi barcha narsa soxta boʻlishiga qaramay, uy haqiqatan ham goʻzaldir”, deydi Margo Robbi.
Dunyoga mashhur yulduzlarning gʻayrioddiy uylari (foto)
Foto: Dzen
Peris Hilton

Aktrisa uyida oʻndan ortiq kichik oʻlchamdagi zotdor itlarni saqlaydi. Peris itlarni shunchalik yaxshi koʻradiki, hatto ular uchun alohida qasr shaklidagi uy ham qurib bergan. Itlar yashaydigan uy uchun yulduz 325 ming dollar sarflagan. Bunday mini-saroyni qurishdan asosiy maqsad hayvonlarning xavfsizligi edi.
Dunyoga mashhur yulduzlarning gʻayrioddiy uylari (foto)
Foto: Pets world
Dunyoga mashhur yulduzlarning gʻayrioddiy uylari (foto)
Foto: Pets world
Avvalroq bir guruh oʻgʻrilar uning chihuahua zotli itini olib ketishgan. Hilton esa ularga katta pul toʻlab kuchukni qaytarib olishga majbur boʻlgan.

Itlar uchun moʻljallangan uyni qurishda menga oʻz uyimning dizayni bilan shugʻullangan mutaxassis yordam berdi”, deydi yulduz.
Per Karden
Dunyoga mashhur yulduzlarning gʻayrioddiy uylari (foto)
Foto: Dzen
Frantsiyalik moda dizayneri oʻzidan keyin noyob arxitektura namunasini qoldirdi. Futurizm va avangard namunasi boʻlgan qabariq uy 1991 yilda modeler Per Kardenning mulkiga aylandi. U vengriyalik arxitektor Antti Lovaga tomonidan ishlab chiqilgan. Turar joy Kann yaqinida, Oʻrta Er dengizi sohilidagi qoyada joylashgan.
Dunyoga mashhur yulduzlarning gʻayrioddiy uylari (foto)
Foto: Palais bulles
Dunyoga mashhur yulduzlarning gʻayrioddiy uylari (foto)
Foto: Palais bulles
Dunyoga mashhur yulduzlarning gʻayrioddiy uylari (foto)
Foto: Palais bulles

Arxitektor gʻoyasiga koʻra, uy ibtidoiy odamlarning gʻorlariga oʻxshatib qurilgan. Uy qoplamasi purkaladigan betondan qilingan va pogʻonali tomlardan pastga — hovuzga tushiladi.

Binoning tom qismida amfiteatr bor, uyning oʻzi esa 10 ta yotoqxonadan iborat. Bino 1200 kvadrat metr maydonni egallaydi va uning atrofidagi maydon 8500 kvadrat metrni tashkil qiladi.
Dunyoga mashhur yulduzlarning gʻayrioddiy uylari (foto)
Foto: Palais bulles
Naomi Kempbell
Dunyoga mashhur yulduzlarning gʻayrioddiy uylari (foto)
Foto: Dzen
Turkiyaning Sedir orolida supermodelning Villa Ojo de Horus nomli noyob dizayndagi eko-uyi bor, uy yarim shar shaklida qurilgan boʻlib, uning konturlari yuqoridan qaraganda Misr xudosi Horus koʻzining chizilgan rasmini takrorlaydi. Afsonaga koʻra, mazkur ramz Er yuzidagi va keyingi hayotdagi ofatlardan himoya qiladi.
Dunyoga mashhur yulduzlarning gʻayrioddiy uylari (foto)
Foto: Dzen
Uyning ichki qismi ekologik jihatdan qulay va avtonomdir: atroda koʻplab yashil oʻsimliklar va daraxtlarni koʻrish mumkin.
Dunyoga mashhur yulduzlarning gʻayrioddiy uylari (foto)
Foto: Dzen
Jon Travolta
Dunyoga mashhur yulduzlarning gʻayrioddiy uylari (foto)
Foto: Dzen
Jon Travoltaning mazkur koʻchmas mulki “aeroport uy” sifatida ham tanilgan. Samolyotlarni kollektsiya qilish aktyorga aeroport hududidan er sotib olishga va u erda turar joy majmuasi qurishga turtki boʻlgan. Kimdir hovlida mashinasi bilan kirib kelsa, Jon samolyotda uchib keladi. U amerikancha uy va aeroport terminali birlashtirilgan loyihani shaxsan oʻzi ishlab chiqqan.
Dunyoga mashhur yulduzlarning gʻayrioddiy uylari (foto)
Foto: Claim Out
Uyda boshqaruv markazi, ekipaj uchun kabina va uyning kirish qismida samolyotlar turadigan maydon ham mavjud. Uyning yonida ikkita uchish-qoʻnish yoʻlaklari bor. Hududning avvalgi egasi Jumbolair Aviation Estates boʻlgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.