Chechenistonda rus askarlarini olib ketayotgan yuk mashinasi o‘qqa tutildi

Foto: NYSO
Chechenistonda noma’lum shaxslar 24 oktyabr kuni Rossiya gvardiyasining harbiy kolonnasini o‘qqa tutdi. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.
Hodisa oqibatida “Rosgvardiya” harbiy xizmatchisi Dmitriy Vereshchenko halok bo‘lgan, yana bir harbiy jarohatlangan. Hujum taxminan tush paytida Grozniy tumanidagi Petropavlovsk qishlog‘ida sodir bo‘lgan. Xodimlar Churt-tog‘i (Petropavlovsk) va Berkart-Yurt o‘rtasidagi avtomobil yo‘lida harakatlangan. Keyin noma’lum kishilar ularga qarata o‘t ochgan. Hujum qilganlar haligacha topilmagan.
Jabrlanuvchi shifoxonaga yetkazilgan, unga yordam ko‘rsatilmoqda. Hujum qilganlarni qidirish va qo‘lga olish bo‘yicha chora-tadbirlar olib borilmoqda, deyiladi xabarda. Boshqa tafsilotlar keltirilmagan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Chechenistonda noma’lum shaxslar 24 oktyabr kuni Rossiya gvardiyasining harbiy kolonnasini o‘qqa tutdi. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.
Hodisa oqibatida “Rosgvardiya” harbiy xizmatchisi Dmitriy Vereshchenko halok bo‘lgan, yana bir harbiy jarohatlangan. Hujum taxminan tush paytida Grozniy tumanidagi Petropavlovsk qishlog‘ida sodir bo‘lgan. Xodimlar Churt-tog‘i (Petropavlovsk) va Berkart-Yurt o‘rtasidagi avtomobil yo‘lida harakatlangan. Keyin noma’lum kishilar ularga qarata o‘t ochgan. Hujum qilganlar haligacha topilmagan.
Jabrlanuvchi shifoxonaga yetkazilgan, unga yordam ko‘rsatilmoqda. Hujum qilganlarni qidirish va qo‘lga olish bo‘yicha chora-tadbirlar olib borilmoqda, deyiladi xabarda. Boshqa tafsilotlar keltirilmagan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













