Devid va Viktoriya Bekhemlar 77 mln dollarga hashamatli uy xarid qildi

Devid va Viktoriya Bekhemlar 77 mln dollarga hashamatli uy xarid qildi
Britaniyalik sobiq futbolchi Devid Bekhem rafiqasi Viktoriya Bekhem bilan Mayamidan orzusidagi yangi uyni xarid qildi, deb yozmoqda Peopletalk.
Devid va Viktoriya Bekhemlar 77 mln dollarga hashamatli uy xarid qildi
Foto: People
Sobiq futbolchi va model Floridada 55,6 million funt sterlingga (taxminan 77 million dollarga) hashamatli villa sotib oldi. Qayd etilishicha, Bekhemlar uy uchun toʻlovni naqd shaklda amalga oshirgan.

Yangi uy Mayami shahrining North By Road deb nomlanuvchi elita rayonida joylashgan. Bu hududda Mett Deymon va Jennifer Lopes kabi yulduzlar yashaydi.
Devid va Viktoriya Bekhemlar 77 mln dollarga hashamatli uy xarid qildi
Foto: The Mirror
Devid va Viktoriya Bekhemlar 77 mln dollarga hashamatli uy xarid qildi
Foto: The Mirror
Manbalarga koʻra, Bekhem oʻziga tegishli boʻlgan “Inter Mayami” futbol klubiga yaqinroq boʻlish istagidan kelib chiqib, ushbu koʻchmas mulkni xarid qilish boʻyicha sotuvchilar bilan muzokaralar olib bormoqda. Mashhurlar e'tiborini tortgan hashamatli uy oʻzining goʻzalligi va qulay joylashuvi bilan ajralib turadi.

Uyning derazalar Kaliforniya koʻrfaziga qaraydi. Xonadon toʻqqizta yotoqxona, toʻrtta hammom, oshpazlar uchun oshxona, shaxsiy kinoteatr, sport zali, spa-salon va basseyndan iborat.
Devid va Viktoriya Bekhemlar 77 mln dollarga hashamatli uy xarid qildi
Foto: The Mirror
Devid va Viktoriya Bekhemlar 77 mln dollarga hashamatli uy xarid qildi
Foto: The Mirror
Bekhemlar oilasining butun dunyo boʻylab bir nechta koʻchmas mulklarga ega, jumladan, AQSh, Buyuk Britaniya, Frantsiya, BAA va Evropa davlatlarida turar joylari bor.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.