Saudiya Arabistonida kub shaklidagi dunyodagi eng katta bino quriladi (video)

Saudiya Arabistonida kub shaklidagi dunyodagi eng katta bino quriladi (video)
Foto: Designboom
Saudiya Arabistonida kub shaklidagi “Mukaab” nomli osmono‘par bino qurilishi boshlandi. U nafaqat Ar-Riyodda, balki butun dunyodagi eng katta binoga aylanishi kutilmoqda, deb yozadi Europa Plus.

Hozirda binoning poydevorini qurish ishlari yakuniga yetgan. Loyihaga ko‘ra, “Mukaab” har bir devorining uzunligi va balandligi rekord darajadagi 400 metrni, butun obyektning maydoni esa 19 kv/km ni tashkil qiladi.
Saudiya Arabistonida kub shaklidagi dunyodagi eng katta bino quriladi (video)
Foto: Europa Plus
Saudiya Arabistonida kub shaklidagi dunyodagi eng katta bino quriladi (video)
Foto: Europa Plus
Binoning markazida shiftgacha yetadigan spiral shaklidagi minora bo‘ladi. Uning atrofida do‘konlar, sayyohlik markazlari, Oxygen futuristik porti, The Line yashil zonasi, toshbaqa shaklidagi Pangeos kurort layneri bo‘lishi rejalashtirilgan.
Saudiya Arabistonida kub shaklidagi dunyodagi eng katta bino quriladi (video)
Foto: Arabian business
Saudiya Arabistonida kub shaklidagi dunyodagi eng katta bino quriladi (video)
Foto: Arabian business
Ko‘rinishidan bu loyiha oddiy binoga o‘xshaydi, aslida “Mukaab” ulkan reja bo‘lib, boshqa poytaxtlar kabi Ar-Riyoddagi global va diqqatga sazovor joylarni birlashtiradigan poytaxtning markaziy obyekti bo‘ladi, deydi loyiha bosh direktori Maykl Dayk.
Saudiya Arabistonida kub shaklidagi dunyodagi eng katta bino quriladi (video)
Foto: Europa Plus
“Mukaab” binosi Vision-2030 strategiyasi doirasidagi yangi dam olish klasteri — New Murabba\'ning markaziy qismi bo‘ladi. Qurilish maydonida har kuni 900 ga yaqin ishchi mehnat qilmoqda. Loyiha Kanadaning AtkinsRéalis developer kompaniyasi tomonidan boshqariladi. New Murabba Development Company davlat qurilish kompaniyasi esa loyihani moliyalashtirish uchun javobgardir.
Saudiya Arabistonida kub shaklidagi dunyodagi eng katta bino quriladi (video)
Foto: Bloomberg
New Murabba\'ning konsepsiyasi shahar ichidagi shahardir. Unda barcha funksional va ko‘ngilochar joylar, jumladan, 45 ming o‘rinli stadion ham joylashadi. Qurilish ishlari 2030 yil oxiriga qadar yakunlanishi rejalashtirilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.