Bolalarni olib ketayotgan avtobus yonib ketdi


Moskva shahri chetida bolalarni olib ketayotgan yo‘lovchi avtobusi yonib ketdi. Baxtsiz hodisa 8 oktyabr kuni tongda M-2 trassasidagi Simferopolsk shossesida sodir bo‘ldi, deb xabar beradi “Qalampir.uz” sayti.
Guvohlarning internet tarmog‘ida tarqatgan suratlaridan avtobus to‘laligicha olov bilan qoplangani ko‘rinib turibdi. Ijtimoiy tarmoqda yozishlaricha, Magistralda harakatlanish murakkab bo‘lib qolgan.
Voqea joyida Favqulodda vaziyat xizmati xodimlari ish olib bordi.
Dastlabki xabarda, baxtsiz hodisa tufayli jabrlanganlar xaqida ma’lumotlar yo‘q.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













