Olimlar Quyoshning noyob suratlarini tasvirga oldi

Olimlar Quyoshning noyob suratlarini tasvirga oldi
Yevropa kosmik agentligi (ESA) Quyoshni tadqiq etayotgan Solar Orbiter zondi tomonidan tasvirga olingan yangi suratlarni taqdim etdi.
Olimlar Quyoshning noyob suratlarini tasvirga oldi
Mazkur zond bortida Quyosh haqida ko‘proq ma’lumot taqdim etish va uni turli diapazonlarda suratga olishga qodir oltita uskuna mavjud. E’lon qilingan suratlarning aksariyati Quyosh yuzasini, shuningdek, magnit maydoni va plazmali sharning alohida hududlarini tasvirga olishga qodir PHI qurilmasi tomonidan olingan. Yulduzning ushbu hududida harorat 6000 daraja Selsiyaga yetadi.
Olimlar Quyoshning noyob suratlarini tasvirga oldi
Suratlarning bir qismi Yer aholisi har kuni kuzatadigan diapazonni ochib ketgan. Masalan, magnit xaritalar kuch to‘lqinlari maydoni aynan dog‘lar atrofida to‘planganini ko‘rsatmoqda. Bu mazkur hududdagi plazma nima uchun sovuqroq ekanini tushuntiradi. Qizil va ko‘k maydonlar — chiqayotgan va kirayotgan magnit maydon chiziqlarining eng zich joylaridir. Ular zaryadlangan zarralarni Quyosh tubidan yuzaga chiqadigan odatdagi issiqlik konveksiyasini buzgan holda xuddi relslardagi harakatlanishga majbur qiladi. Sariq va yashil maydonlar — magnit maydoni quvvati o‘rtacha bo‘lgan sohalar.
Olimlar Quyoshning noyob suratlarini tasvirga oldi
Bundan tashqari, PHI uskunasi taxogrammani tuzishga imkon beradi. Bu Quyosh yuzasining turli qismlari harakati tezligi va yo‘nalishini ko‘rsatib beradigan xarita. Ko‘k sohalar apparat tomon, qizillari esa unga teskari holatda harakatlanmoqda.
Olimlar Quyoshning noyob suratlarini tasvirga oldi
Ta’kidlanishicha, PHI\'ning yuqori aniqligi tufayli suratlar mozaika ko‘rinishida olingan. Har bir surat alohida 25 ta tasvirdan iborat bo‘lib, ular umumiy kartinani hosil qilish uchun keyinchalik bir-biriga yopishitirilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.