FQB rahbarligiga nomzod eronlik hakerlar hujumiga uchradi

FQB rahbarligiga nomzod eronlik hakerlar hujumiga uchradi
AQSH Federal qidiruv byurosi rahbarligiga nomzod Kesh Patel eronlik hakerlar hujumiga uchradi, deb xabar berdi CNN.

Telekanal ma’lumotiga ko‘ra, kiberjinoyatchilar Kesh Patelning ayrim yozishmalarini qo‘lga kiritgan.

Eslatib o‘tamiz, saylangan prezident Donald Tramp FQB rahbarligi uchun Kesh Patelni tavsiya qilgandi.

Patel Trampning Rossiya bilan aloqadorligi ehtimoli yuzasidan tergov o‘tkazgan FQB va Adliya vazirligi tanqid qilingan «Nunes memorandumi»ni yozishda ko‘maklashgani bilan ma’lum.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.