Xonanda va aktrisa Selena Gomes turmushga chiqmoqda (foto)

Xonanda va aktrisa Selena Gomes turmushga chiqmoqda (foto)
Xonanda va aktrisa Selena Gomes o‘zining prodyuseri Benni Blankoga turmushga chiqmoqda. Bu haqda yulduz o‘zining Instagram\'dagi sahifasida e’lon qildi va unashtiruv uzugi taqdim etilgan suratlarni muxlislari bilan bo‘lishdi.
Xonanda va aktrisa Selena Gomes turmushga chiqmoqda (foto)
Foto: Instagram
Xonanda va aktrisa Selena Gomes turmushga chiqmoqda (foto)
Foto: Instagram
Ijtimoiy tarmoqdagi postga Gomes “Abadiylik hozirdan boshlanadi” deya izoh qoldirdi.
Xonanda va aktrisa Selena Gomes turmushga chiqmoqda (foto)
Foto: Instagram
Aslida Selena Gomesning unashtirilgani haqidagi mish-mishlar anchadan beri xorijiy OAVlarda uchrab turar edi, chunki muxlislar aktrisaning nomsiz barmog‘idagi katta brilliant uzukni avvalroq payqagan va paparatssilarning suratlari turli muhokamalarga sabab bo‘lgan edi.
Xonanda va aktrisa Selena Gomes turmushga chiqmoqda (foto)
Foto: Getty Images
Selena o‘zining hamkasbi, musiqiy prodyuser Benni Blanko bilan tanishganiga o‘n yildan oshgan. Blanko xonandaning eng xit qo‘shiqlariga prodyuserlik qilgan. Jumladan, ular birgalikda 2015 yilda “Same Old Love”, 2021 yilda “I Can\'t Get Enough” kabi mashhur taronalar ustida ishlagan.
Xonanda va aktrisa Selena Gomes turmushga chiqmoqda (foto)
Foto: The Hollywood Reporter
O‘tgan yilning oxirida juftlik uchrashayotganini rasman ma’lum qilgan edi. Xonanda qallig‘i bilan tushgan suratlarini Instagram\'da tez-tez joylashtirib turadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.