OpenAI ham Trampning inauguratsiyasiga 1 mln dollar xayriya qildi

OpenAI ham Trampning inauguratsiyasiga 1 mln dollar xayriya qildi
Foto: CTV News
OpenAI kompaniyasi rahbari Sem Altman Donald Trampning inauguratsiyasiga 1 million dollar xayriya qildi.

Altman o‘z bayonotida Donald Tramp AQSHni «sun’iy intellekt asriga olib o‘tishi»ni, o‘z navbatida OpenAI rahbari «Amerika doim oldinda bo‘lishi uchun uni qo‘llab-quvvatlashga tayyorligi»ni ta’kidladi.

12 dekabr sanasida The Wall Street Journal jurnali Meta kompaniyasi Donald Trampning inauguratsiyasiga 1 million dollar xayriya qilganini yozdi. Ertasi kuni xuddi shu maqsadda shuncha mablag‘ni Amazon kompaniyasi ham ajratishi ma’lum bo‘ldi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.