Rossiyadagi YTHda 5 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

Rossiyadagi YTHda 5 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi
Foto: Rossiya IIV Ulyanovsk viloyati bo‘yicha boshqarnasi
Rossiyaning Ulyanovsk viloyatidagi avtohalokatda 5 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, YTH 17 dekabr ertalab soat 05:10 larda Ulyanovsk viloyatidan o‘tadigan Saransk—Surskoye—Ulyanovsk yo‘nalishidagi R-178 federal trassasining 209 kilometrida sodir bo‘lgan.

Yo‘l transport hodisasi oqibatida 5 nafar O‘zbekiston fuqarosi — 1977 yilda tug‘ilgan A.A., 1988 yilda tug‘ilgan J.I., 1975 yilda tug‘ilgan K.S., 2004 yilda tug‘ilgan K.A. va 1977 yilda tug‘ilgan B.O. halok bo‘lgan.

Rossiya IIV Ulyanovsk viloyati bo‘yicha boshqarnasi bergan ma’lumotga ko‘ra, besh kishi bo‘lgan Cobalt boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘lga chiqib ketgan va avtomobil harajatlanib kelayotgan “MAZ” yuk mashinasi bilan to‘qnashgan.
Rossiyadagi YTHda 5 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi
Foto: Rossiya IIV Ulyanovsk viloyati bo‘yicha boshqarnasi
Rossiyadagi YTHda 5 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi
Foto: Rossiya IIV Ulyanovsk viloyati bo‘yicha boshqarnasi
Rossiyadagi YTHda 5 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi
Foto: Rossiya IIV Ulyanovsk viloyati bo‘yicha boshqarnasi
Ushbu holat Bosh konsulxona nazoratiga olingan. Vakolatli organlar bilan muvofiqlashtirish ishlari olib borilib, halok bo‘lganlarni jasadlarni vatanga qaytarish ishlarini amalga oshirish choralari ko‘rilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.