Rossiyada sumka ichidan o‘zbekistonlik ayol jasadi topildi

Rossiyada sumka ichidan o‘zbekistonlik ayol jasadi topildi
Foto: 78.ru
Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri Nevskiy tumanida sumka ichidan o‘zbekistonlik ayolning jasadi topildi. Bu haqda 78.ru xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, jasad Olga Berggols ko‘chasidagi 19-uyning yerto‘lasidagi sumkadan zo‘ravonlik alomatlari bilan topilgan. O‘ldirilgan shaxs 31 yoshli O‘zbekiston fuqarosi ekani aniqlangan. U noyabr oyi boshida Sankt-Peterburgga 24 yoshli tanishinikiga pul topish maqsadida kelgan.

Ta’kidlanishicha, 9 dekabr kuni kechqurun Sedov ko‘chasidagi 70-uyda joylashgan kvartirada yashayotgan yigit janjal paytida ayolni bo‘g‘ib o‘ldirgan. Shundan keyin uning jasadini katta sumkaga solgan. So‘ngra Olga Berggols ko‘chasidagi 19-uyning podvalida tuproq bilan ko‘mib, voqea joyidan qochgan. Ertasi kuni qotillik sodir etishda gumonlangan erkak vataniga qaytib ketgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.