AQSHdan 572 nafar o‘zbekistonlik chiqarib yuborildi

AQSHdan 572 nafar o‘zbekistonlik chiqarib yuborildi
AQSH Immigratsiya va bojxona xizmati 2024 yilning yanvar-sentyabr oylarida 572 nafar O‘zbekiston fuqarosini mamlakatdan chiqarib yubordi.

Ma’lum bo‘lishicha, bu 2023 yilning yanvar-sentyabr oylariga nisbatan 6,5 barobarga ko‘p hisoblanadi.
AQSHdan 572 nafar o‘zbekistonlik chiqarib yuborildi
Qayd etilishicha, jami 271,5 mingga yaqin chet el fuqarosi AQSHdan deportatsiya qilingan bo‘lib, bunda o‘zbekistonliklar soni bo‘yicha Rossiya, Markaziy Osiyo davlatlari va boshqa qator davlatlardan (Rossiya − 464, Afg‘oniston − 132, Tojikiston − 77, Qirg‘iziston − 69, Ukraina − 53, Armaniston − 27, Qozog‘iston − 23, Ozarbayjon − 13, Turkmaniston − 5) ko‘proqni tashkil qilgan.

Avvalroq Donald Tramp 11 mln migrantni mamlakatdan deportatsiya qilishni rejalashtirayotgani xabar qilingan edi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.