Suriya adliya vaziri: Jinoyatga aloqadorlarning barchasi mustaqil sud oldida javob beradi

Suriya adliya vaziri: Jinoyatga aloqadorlarning barchasi mustaqil sud oldida javob beradi
Foto: Anadolu Agency
Suriya muvaqqat hukumati adliya vaziri Shodi al-Vaysi Asad Bashar rejimi davrida jinoyat sodir etib, mamlakatdan qochganlarni ekstraditsiya qilish va javobgarlikka tortishni talab qilishini aytdi.

Vazir al-Vaysi janubdagi Suvayda viloyatiga tashrifi chogʻida jurnalistlar savollariga javob berdi.

Suvaydaga tashrifi ijobiy boʻlganini ta\'kidlagan vazir al-Vaysi shunday dedi: «Fikr almashdik. Aholining fikr va shikoyatlarini tingladik».

Vazir al-Vaysi Adliya vazirligining yangi jarayondagi ustuvor vazifalari haqida gapirar ekan: «Mamlakatni tark etgan jinoyatchilarni ekstraditsiya qilish va sudga berish haqida qonun tayyorlanadi va jinoyatga aloqador shaxslarning hibsga olinishiga qaror qilinadi», dedi.

Qulagan rejim sud tizimini e\'tiborsiz qoldirganini ta\'kidlagan vazir: «Endi mohiyatga, ya\'ni qonunga qaytishimiz kerak. Suriyadagi sud tizimining mustaqil boʻlishini tilayman», deya aytib oʻtdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.