Rossiya Ukrainaning 19 ta uchuvchisiz uchoqlarini urib tushirganini ma'lum qildi

Rossiya Ukrainaning 19 ta uchuvchisiz uchoqlarini urib tushirganini ma'lum qildi
Foto: Reuters
Rossiya havo hujumidan mudofaa tizimlari Belgorod, Kursk, Voronej, Bryansk va Rostov oblastlari uzra Ukraina Qurolli kuchlarining 19 ta uchuvchisiz uchoqlarini urib tushirdi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabarida aytiladi.

Bayonotga koʻra, 1 yanvar kuni Moskva vaqti bilan soat 17:30 dan 20:00 gacha uchuvchisiz uchish apparatlari yoʻq qilingan.

Departamentning aniqlik kiritishicha, 10 ta UUA Belgorod oblasti, 3 tasi Kursk oblasti, 2 tasi Voronej oblasti, 2 tasi Bryansk oblasti va 2 tasi Rostov oblasti hududida tutib olingan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.