Nyu York shahridagi tungi klub yaqinida otishma sodir boʻldi

Nyu York shahridagi tungi klub yaqinida otishma sodir boʻldi
Foto: Robert Mecea
Nyu Yorkdagi tungi klubda sodir boʻlgan otishma oqibatida kamida 10 kishi yaralandi, deb xabar bermoqda The New York Post.

Qayd etilishicha, otishma 1 yanvar kuni kechasi Kuinsdagi Amazura klubida tashkil etilgan yopiq bazmda yuz bergan. Politsiya ma'lumotlariga koʻra, qurollangan toʻrt nafar shaxs klubga kirish yoʻlagida turganlarga qarata kamida 30 marotaba tartibsiz oʻq uzgan.

Jabrlanganlarning hammasi 16 yoshdan 20 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlardan iborat. Ularning barchasi shifoxonaga etkazilgan. Yaralanganlar ahvoli ogʻir emasligi aytilmoqda.

Politsiya gumonlanuvchilar jinoyat joyidan yashiringan Infiniti markasidagi kulrang avtomobilni qidiruvga bergan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.