Urugvaylik futbol yulduzi Luis Suares bir insonning hayotini saqlab qoldi

Urugvaylik futbol yulduzi Luis Suares bir insonning hayotini saqlab qoldi
Urugvaylik futbol yulduzi Luis Suares bir insonning hayotini saqlab qoldi, deb xabar berdi 5 yanvar kuni Telenoche nashri.

Mazkur xabarga koʻra, voqea Urugvayning Syudad-de-la-Kosta shahrida yuz bergan. 49 yoshli erkak boʻyniga arqon solib, daraxtdan sakrab oʻz joniga qasd qilmoqchi boʻlgan.

Aytilishicha, Luis Suares voqea joyiga etib kelib, uni daraxtdan tushishga koʻndirishga uringan. 18 soat daraxtda oʻtirgan erkak nihoyat pastga tushgan. Endi u ruhshunos tekshiruvidan oʻtkaziladi.

Luis Suares hozirda Amerikaning bosh ligasi (MLS)da ishtirok etayotgan «Inter Mayami»da toʻp surmoqda. U Urugvay terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi toʻpurar hisoblanadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.