Britaniya 3 mingga yaqin oʻzbekistonlikni ish bilan ta'minlaydi

Britaniya 3 mingga yaqin oʻzbekistonlikni ish bilan ta'minlaydi
Oʻzbekiston elchixonasi tomonidan yangi mavsumda Britaniya qishloq xoʻjaligi sohasiga oʻzbekistonlik mehnat migrantlarini jalb qilish maqsadida Pro-Force Limited va HOPS Labour Solutions Ltd rekruting agentliklari vakillari bilan muzokaralar oʻtkazildi.
Britaniya 3 mingga yaqin oʻzbekistonlikni ish bilan ta'minlaydi
Foto: AFP
Muzokaralar natijasida joriy yil fevral oyida Pro-Force Limited agentligining Toshkentga tashrifini tashkil etish va 3 mingga yaqin saralangan nomzodlarni boshlab bosqichma-bosqich tarzda Buyuk Britaniyada ish bilan ta'minlash boʻyicha kelishuvga erishildi.

Shuningdek, HOPS Labour Solutions Ltd kompaniyasi Migratsiya agentligi bilan hamkorlikda 14-15 yanvar kunlari oʻzbekistonlik mehnat migrantlarini uchun onlayn tarzda test sinovlarini tashkil etishga kelishib olindi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.