Dubayda estoniyalik dorboz ikki osmonoʻpar bino orasidan oʻtdi

Dubayda estoniyalik dorboz ikki osmonoʻpar bino orasidan oʻtdi
Foto: newtimes.kz
Sleklayn (tarang tortilmagan arqon ustida yurish) boʻyicha uch karra jahon chempioni, estoniyalik Yaan Ruse Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida ikki osmonoʻpar bino orasiga choʻzilgan 100 metrlik arqon boʻylab yurdi. Bu haqda Emirates News Agency xabar berdi.
Dubayda estoniyalik dorboz ikki osmonoʻpar bino orasidan oʻtdi
Foto: wam.ae
Arqon Jumeirah Emirates Towers osmonoʻpar binolari orasidan 224 metr balandlikda tortildi. Ruse u boʻylab ikki marta - bir minoradan ikkinchisiga va orqaga qarab yurishga muvaffaq boʻldi.

Estoniyalik sportchi 33 yoshga toʻlishini shu tarzda nishonladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.