Quyoshda ulkan “teshik” paydo boʻldi (foto)

Quyoshda ulkan “teshik” paydo boʻldi (foto)
Quyosh yuzasida ulkan koronal “teshik” paydo boʻldi, u Quyosh aylanasining chorak qismini qamrab oladi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, teshik Er tomonga yuqori tezlikda quyoshli shamollar toʻlqinini tarqatishi mumkin. Bu esa sun'iy yoʻldoshlarga zarar etkazishi va Erda qutb yogʻdularini keltirib chiqarishi kutilmoqda.
Quyoshda ulkan “teshik” paydo boʻldi (foto)
Kollaj: UNIAN
\"Koronal teshiklar, umuman olganda, quyosh faolligiga qarama-qarshi hodisa boʻlib, odatda Quyoshdagi tinch fazada paydo boʻladi. Hozirgi paytda Quyosh sezilarli darajada tinchlangan va shu fonda bunday hodisalar yuzaga kelmoqda\", dedi Rossiya Fizika instituti Quyoshning rentgen astronomiya laboratoriyasi bosh ilmiy xodimi Sergey Bogachyov.

U Er atrofida quyosh shamoli tezligi sekundiga taxminan 400 kilometrdan 600 kilometrgacha koʻtarilishi va hafta davomida shu darajada saqlanib qolishini prognoz qildi. Olim bu oʻsish sezilarli, ammo unchalik xavfli emasligini ta'kidladi.

Bogachyovning aytishicha, Quyosh shamoli Er magnitosferasidagi vaziyatni yomonlashtirishi mumkin. Biroq bu magnit boʻronlarini keltirib chiqarishi ehtimoldan yiroq.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.