Shavkat Mirziyoyev Abu-Dabi shahriga etib bordi

Shavkat Mirziyoyev Abu-Dabi shahriga etib bordi
Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklari prezidenti Shayx Muhammad Ol Nahayonning taklifiga binoan 13 yanvar kuni rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga etib bordi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Abu-Dabi xalqaro aeroportida davlat rahbarini Birlashgan Arab Amirliklari vitse-prezidenti Shayx Mansur Ol Nahayon va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Shavkat Mirziyoyev Abu-Dabi shahriga etib bordi
Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi, ikki mamlakat davlat bayroqlari koʻtarildi.

Tashrif dasturiga muvofiq ertaga, 14 yanvar kuni Oʻzbekiston Prezidenti \"Abu-Dabi barqaror rivojlanish haftaligi\" xalqaro sammitida ishtirok etadi.
Shavkat Mirziyoyev Abu-Dabi shahriga etib bordi
BAAning etakchi tashkilotlari, kompaniya va banklari rahbarlari bilan uchrashuvlar ham rejalashtirilgan.

15 yanvar kuni oliy darajadagi muzokaralar boʻlib oʻtadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.