Rossiya Kiyevga ballistik raketalar bilan zarba berdi (foto)

Rossiya Kiyevga ballistik raketalar bilan zarba berdi (foto)
Rossiya armiyasi 18 yanvarga oʻtar kechasi Kiyevga ballistik raketalar va dronlar bilan hujum qildi, deb xabar berdi shahar meri Vitaliy Klichko.
Rossiya Kiyevga ballistik raketalar bilan zarba berdi (foto)
Foto: svoboda.org
Uning aytishicha, Shevchenko tumanida bombardimon oqibatida noturar joyda yongʻin chiqqan.

Kiyev shahar harbiy ma'muriyati boshligʻi Timur Tkachenko aniqlik kiritib, Shevchenko tumanidagi hujum oqibatida toʻrt kishi halok boʻlgani va yana uch kishi jarohat olgani haqida ma'lumot berdi. Uning qoʻshimcha qilishicha, urib tushirilgan snaryadlar parchalari poytaxtning Desnyansk va Goloseyev tumanlariga tushgan.
Rossiya Kiyevga ballistik raketalar bilan zarba berdi (foto)
Foto: svoboda.org
Ukraina Favqulodda vaziyatlar davlat xizmati ma'muriy bino, biznes markaz va doʻkonning qisman vayron boʻlganini ma'lum qildi. Shuningdek, oʻnta avtomashina shikastlangan. Bundan tashqari, “Lukyanovskaya” metro bekati kirish qismi shikastlangani sababli vaqtincha yopilgan. Shevchenko tumanida suv ta'minoti quvuri shikastlangan.
Rossiya Kiyevga ballistik raketalar bilan zarba berdi (foto)
Foto: svoboda.org
18 yanvar kuni ertalab Rossiya qoʻshinlari Zaporoje markaziga ballistik raketalar bilan zarba berdi. Zaporoje viloyati davlat ma'muriyati rahbari Ivan Fedorovning xabar berishicha, hujum oqibatida ma'muriy binolar vayron etilgan, turar joylar va shaxsiy transport vositalari shikastlangan. 10 kishi jarohat olgan: ikki kishiga voqea joyida tibbiy yordam koʻrsatilgan, sakkiz kishi kasalxonaga yotqizilgan.
Rossiya Kiyevga ballistik raketalar bilan zarba berdi (foto)
Foto: svoboda.org
Ukraina QK Havo kuchlari qoʻmondonligi 18 yanvarga oʻtar kechasi Rossiya qoʻshinlari 39 ta Shahed tipidagi zarba beruvchi dronlar, shuningdek, toʻrtta Iskander-M/KN-23 ballistik raketalarini uchirganini ma'lum qildi. Ukraina havo hujumidan mudofaa kuchlari Poltava, Sumi, Xarkov, Cherkasi, Chernigovsk, Kiyev, Xmelniskiy, Jitomir, Kirovograd, Dnipropetrovsk, Xerson va Donesk kabi viloyatlarda ikkita raketa va 24 ta dronni urib tushirishga erishdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.