Isroil armiyasi qoʻmondoni iste'foga chiqadi

Isroil armiyasi qoʻmondoni iste'foga chiqadi
Foto: Yonatan Sindel/Flash90
Isroil Mudofaa kuchlari (TsAHAL) shtab boshligʻi general-leytenant Gertsi Ha-Levi shu yilning mart oyida iste'foga chiqishini ma'lum qildi. U HAMAS terrorchilari tomonidan 2023 yil 7 oktyabrda amalga oshirilgan hujumni qaytara olmagani uchun «javobgarlikni tan olgan holda oʻz lavozimini tark etmoqda», deb yozdi The Times of Israel.

Ha-Levi vakolat muddati tugashiga 10 oy qolganda, 6 mart kuni iste'foga chiqadi. Bu haqda u bosh vazir Binyamin Netanyahu va mudofaa vaziri Israel Kasga maktub yubordi.

Qolgan olti hafta ichida Ha-Levi Isroil armiyasining 7 oktyabrdagi muvaffaqiyatsizliklari haqidagi hisoboti ustida ishlashni rejalashtirmoqda.

2024 yil aprel oyida Isroil harbiy razvedkasi rahbari general-mayor Aaron Haliva iste'foga chiqqan edi. U ham 7 oktyabr kunidagi muvaffaqiyatsizliklar uchun javobgarlikni oʻz zimmasiga oldi. The New York Times xabariga koʻra, Isroil razvedka idoralari Falastinning HAMAS guruhi harbiy rejalari haqida 2023 yil 7 oktyabrdan bir yildan koʻproq vaqt oldin xabar topgan, ammo jiddiy qabul qilmagan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.