Tramp AQSh tarixidagi eng keksa prezidentga aylandi

Tramp AQSh tarixidagi eng keksa prezidentga aylandi
Jo Baydenni yoshi uchun tanqid qilib, uning dovdirashi va yanglish gaplari uchun hazil qilish imkoniyatini qoʻldan chiqarmay kelgan Donald Tramp Oq uyga AQShning eng keksa prezidenti sifatida qaytdi.

20 yanvar kuni oʻtkazilgan inauguratsiya vaqtida Tramp 78 yosh va etti oylik boʻlgan — bu 2021 yilda mamlakat prezidenti lavozimiga kirishgan Baydenning oʻsha vaqtdagi yoshidan qariyb olti oyga katta demak. Respublikachining oʻzi kognitiv testlarni yaxshi echishi va ideal jismoniy holatda ekanini ta'kidlab keladi.
Tramp AQSh tarixidagi eng keksa prezidentga aylandi
«RBK» nashri hisob-kitoblariga koʻra, amerikalik etakchilarning oʻrta yoshi 56 yilni tashkil etadi. Pew Research Center soʻrovlari natijasida keltirilishicha, Amerika aholisining 49 foizi prezidentlik uchun eng yaxshi yoshni 50 deb hisoblaydi, respondentlarning faqat 3 foizi davlat rahbari uchun optimal yosh — 70 va undan yuqori yoshlar ekanini bildirgan.

Dunyodagi vaziyat
Tramp AQSh tarixidagi eng keksa prezidentga aylandi
Donald Tramp oʻz hamkasblari fonida yaqqol ajralib turmaydi. Chunki «Katta yigirmatalik» davlatlari rahbarlari asosan 70-80 yosh oraligʻida. Ular orasida faqat ikkita davlat etakchisi AQSh rahbaridan katta — bu Braziliya prezidenti Lula da Silva (79 yosh) va Saudiya Arabistoni podshohi Salmon ibn Abdulaziz Ol Saud (89 yosh).
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.