Vladimir Putin muzokaralar boʻyicha Trampga qanday javob qaytardi?

Vladimir Putin muzokaralar boʻyicha Trampga qanday javob qaytardi?
Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakat Ukraina mojarosi boʻyicha muzokaralarga tayyor ekanini aytdi. Prezident Ukraina rasmiylarining oʻzlari Rossiya bilan muzokara olib borishni taqiqlaganini eslatdi.

Putinning soʻzlariga koʻra, u AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashib, bu masalani muhokama qilishga tayyor.

Darhaqiqat, bugungi kun voqeligidan kelib chiqqan holda uchrashib, AQSh va Rossiya uchun qiziq boʻlgan barcha sohalar boʻyicha xotirjam suhbatlashganimiz ma'qulroq boʻlardi. Biz tayyormiz\", dedi prezident jurnalist Pavel Zarubinga bergan intervyusida.

Prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ma'lum qilishicha, Kreml Oq uydan muloqotga tayyorligi haqida hozircha hech qanday signal olmagan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.