Isroil 110 nafar falastinlik mahbusni ozod qildi (video)

Isroil 110 nafar falastinlik mahbusni ozod qildi (video)
HAMAS 30 yanvar kuni garovga olgan sakkiz kishini — uch nafar isroillik va besh nafar Tailand fuqarosini Qizil Xochga topshirdi. Isroil buning evaziga 110 nafar falastinlik mahbusni ozod qildi. Bu haqda BBC nashriga tayangan holda Daryo xabar berdi.
Isroil 110 nafar falastinlik mahbusni ozod qildi (video)
Foto: Reuters
Ozod qilinganlar orasida Isroil armiyasining 20 yoshli harbiy xizmatchisi Agam Berger ham bor. U 482 kun asirlikda boʻlgan. Shuningdek, 29 yoshli Arbel Yahud va 80 yoshli Gadi Mozes ham ozod qilingan. Yahudning turmush oʻrtogʻi va akasi hali ham asirlikda qolmoqda.

Falastinlik 110 nafar mahbusdan 32 nafari umrbodga qamalgan, 48 nafari esa uzoq muddatli qamoq jazosini oʻtayotgandi. Shuningdek, ikki nafari 15 yoshli oʻsmir, 30 nafari 18 yoshgacha boʻlganlardir. Ozod qilingan mahbuslarning 21 nafari chet elga deportatsiya qilinishi kerak.
Isroil 110 nafar falastinlik mahbusni ozod qildi (video)
Foto: AP Photo
Tailand Tashqi ishlar vazirligiga koʻra, 2023 yil 7 oktyabr kuni HAMASning Isroilga hujumi paytida 31 nafar Tailand fuqarosi oʻgʻirlab ketilgan. Ularning aksariyati yil oxiriga kelib ozod qilingan. Isroilda umumiy hisobda 30 mingga yaqin Tailand fuqarolari yashaydi.
Isroil 110 nafar falastinlik mahbusni ozod qildi (video)
Foto: ozod qilingan Tailand fuqarolari / AP Photo

Avvalroq HAMAS harakati 7 kishini, yahudiy davlati esa 290 kishini ozod qilgandi. Toʻrtinchi asirlar almashinuvi dam olish kunlari rejalashtirilgan. Biroq 29 yanvar kuni HAMAS Isroilni yonilgʻi, chodirlar, ogʻir texnika va boshqa uskunalar etkazib berishni kechiktirib, kelishuvni xavf ostiga qoʻyishda ayblagan. Isroil hukumati falastinlik mahbuslarning keyingi ozod etilishini kechiktirgan. Jumladan, garovdagilar xavfsiz sharoitda ozod qilinmaguncha, falastinliklar ozod qilinmaydi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.