Suriyada Bashar Asadning amakivachchasi qoʻlga olindi

Suriyada Bashar Asadning amakivachchasi qoʻlga olindi
Suriyaning yangi hukumati sobiq prezident Bashar Asadning amakivachchasini qoʻlga oldi, deb xabar beradi Syria TV telekanali.

«Najib Suriya xalqiga qarshi amalga oshirilgan jinoyatlarga aloqador insonlardan biri hisoblanadi», — deyiladi xabarda.
Suriyada Bashar Asadning amakivachchasi qoʻlga olindi
Foto: Syria TV
Latakiya viloyati Jamoat xavfsizligi boshqarmasi direktori podpolkovnik Mustafo Knefatining soʻzlariga koʻra, hukumat Suriya xalqiga qarshi jinoyatlarga aloqador shaxslarni javobgarlikka tortish va mintaqada xavfsizlik hamda barqarorlikni ta'minlash boʻyicha sa'y-harakatlarni amalga oshirmoqda.

Najib Latakiyada ushlangan. Ta'kidlanishicha, u Asad rejimi davrida Suriya janubidagi Dar'o viloyati siyosiy xavfsizlik boshqarmasi rahbari lavozimida faoliyat yuritgan.

Eslatib oʻtamiz, 8 dekabr kuni Suriyada hokimiyat tepasiga «Hay'at Tahrir ash-Shom» guruhi keldi. 10 dekabr kuni Muhammad al-Bashir oʻtish davri hukumati rahbari etib tayinlanganini e'lon qildi. Bashar Asad esa mamlakatdan Rossiyaga qochib ketdi. RF prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskovga koʻra, Asad oilasiga boshpana berish qarorini shaxsan Putinning oʻzi qabul qilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.