Afgʻon uchuvchilari olib oʻtgan vertolyotlarning bir qismi AQShga qaytarildi

Afgʻon uchuvchilari olib oʻtgan vertolyotlarning bir qismi AQShga qaytarildi
Qoʻshma Shtatlar “Tolibon” hokimiyatga kelgan vaqti afgʻon uchuvchilari tomonidan Oʻzbekistonga olib oʻtilgan vertolyotlarning bir qismini qaytardi. Bu haqda “Amerika ovozi” telekanali Oʻzbekistonning Vashingtondagi elchixonasida oʻtgan tadbirda qatnashgan Pentagon rasmiylariga tayanib xabar berdi.
Afgʻon uchuvchilari olib oʻtgan vertolyotlarning bir qismi AQShga qaytarildi
Afgʻoniston harbiy-havo kuchlarining UH-60 Black Hawk vertolyoti. 2018 yil, 8 dekabr
Foto: Military Times

“Tolibon”dan qochgan afgʻon uchuvchilari Oʻzbekistonga olib oʻtgan Amerika samolyot va vertolyotlarining aksariyat qismi respublikaga berilgan. Pentagon yaroqli deb topgan texnik vositalardan ettitasi – Black Hawk vertolyotlari hozirda AQShga qaytarilgan, deya ma\'lum qildi telekanal muxbiri Navbahor Imamova.

Tadbirda, shuningdek Oʻzbekistonning AQSh va Kanadadagi elchisi Furqat Sidiqov soʻzga chiqib, Toshkent Vashington bilan har sohada hamkorlikni oshirishga tayyorligini ma\'lum qildi. Bundan tashqari, Oʻzbekiston hukumati ikki davlat xavfsizlik tizimlari va qurolli kuchlari oʻrtasidagi hamkorlikni qadrlashi ta\'kidlangan.
Afgʻon uchuvchilari olib oʻtgan vertolyotlarning bir qismi AQShga qaytarildi
Furqat Sidiqov Oʻzbekistonning Vashingtondagi elchixonasida
Foto: Videodan kadr/Amerika Ovozi

Ma\'lumot uchun, 2021 yilning avgust oyida afgʻon harbiylari tomonidan Oʻzbekiston hududiga Embraer EMB 314 Super Tucano va Pilatus PC-12 rusumdagi 22 ta harbiy samolyot va UH-60 Black Hawk, MD-530 va Mi-17 rusumdagi 24 ta vertolyot olib oʻtilgan edi.

Tolibon Oʻzbekiston hukumatidan ularni qaytarishni bir necha bor soʻragan. Biroq keyinroq Toshkent va Vashington harbiy texnikalar taqdiri boʻyicha kelishuvga erishgani, ular Oʻzbekistonda qolishi ma\'lum qilingandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.