Rus tilidan sertifikat olish tizimi Oʻzbekistonda yoʻlga qoʻyilishi mumkin

Rus tilidan sertifikat olish tizimi Oʻzbekistonda yoʻlga qoʻyilishi mumkin
© Sputnik / Ilya Pitalev
Rus tili, Rossiya tarixi va qonunchiligiga oid imtihonlarni oʻtkazish va sertifikat berish tizimi Oʻzbekistonda yoʻlga qoʻyiladi. Bu haqda Migratsiya agentligi mas'ullarining Qozon Federal universiteti rahbariyati bilan uchrashuvi davomida ma'lum qilindi.

Qayd etilishicha, uchrashuvda rus tili, Rossiya tarixi va qonunchiligiga oid imtihonlarni oʻtkazish va sertifikat berish tizimini Qozon Davlat universiteti bilan hamkorlikda Oʻzbekistonda yoʻlga qoʻyish masalasi muhokama qilindi.

“Markazning Oʻzbekistonda faoliyat yuritishi Rossiyada ishlash huquqini beruvchi ruhsatnoma (patent) rasmiylashtirishda talab qilinadigan sertifikat olish jarayonlarini sezilarli tarzda yengillashtiradi, xarajatlar kamayadi, hamyurtlarimiz uchun ortiqcha ovoragarchiliklar oldi olinadi”, — deyiladi xabarda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.