AQShda bemor qiz jigarini bergan donorga turmushga chiqdi

AQShda bemor qiz jigarini bergan donorga turmushga chiqdi
AQShda bemor qiz jigarini bergan donorga turmushga chiqdi

Kanada fuqarosi Kris Dempis hamkasbining jiyani betob ekani haqida eshitib qoladi. Qizning jigarini almashtirish uchun donor kerak bo‘ladi.

U shifoxona to‘shagiga mixlanib qolgan. Qiz uchun jigarini bermoqchi bo‘lgan donorlar ham ko‘p edi.

Biroq, yordam berishga hammadan birinchi Dempis shoshildi. Va bir necha hafta ichida gospitalda holsiz yotgan Xazer bilan ko‘rishdi. Ularning jigar almashtirish operasiyasi muvaffaqiyatli amalga oshdi.

Reabilitasiya davrida ikki yosh ko‘p vaqtni birga o‘tkazdi. Bir yildan so‘ng esa ular turmush qurishga qaror qildi.

“Agar o‘shanda notanish qizga yordam bermaganimda, men kelajakdagi ayolimni qutqarib qolmagan bo‘lardim”, deydi Kris Dempis.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.