"Manchester Siti" 401 xonali yangi mehmonxona barpo etadi

"Manchester Siti" 401 xonali yangi mehmonxona barpo etadi
Klub 2026 yil oxirida ishga tushirilishi rejalashtirilgan hashamatli mehmonxona bo‘yicha Radisson Hotel Group bilan tuzgan hamkorlik shartnomasi haqida e’lon qildi.
"Manchester Siti" 401 xonali yangi mehmonxona barpo etadi
Mehmonxona nomi \"Etixad\" kampusi ostidan oqib o‘tuvchi Medlok daryosidan ilhomlanib, The Medlock deb ataladi.
"Manchester Siti" 401 xonali yangi mehmonxona barpo etadi
Yil davomida faoliyat ko‘rsatadigan ushbu hashamatli mehmonxona \"Etixad\" stadioni va Co-op Live\'dagi tadbirlarga tashrif buyuruvchi musiqa va sport muxlislari, shuningdek, kampus va Manchesterni ziyorat qilayotgan mehmonlar uchun qulay va shinam maskan bo‘ladi.

Yuqori toifali mehmonxona Radisson Blu tarmog‘iga qo‘shiladi va klubning Etihad kampusidagi 300 mln funt sterlinglik loyihasining tarkibiy qismiga aylanadi.

Manba: mancity.com
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.