AQSH ushbu 43 davlat fuqarolarining kirishini cheklashi mumkin

AQSH ushbu 43 davlat fuqarolarining kirishini cheklashi mumkin
AQSH hukumati 43 mamlakat fuqarolari, jumladan, rossiyaliklar va belaruslar uchun kirish qoidalarini o‘zgartirish niyatida, deb xabar berdi The New York Times (NYT). Davlat departamenti bu davlatlarni uch toifaga bo‘lishni rejalashtirmoqda.

NYT manbalariga ko‘ra, 11 davlat fuqarolarining Qo‘shma Shtatlarga kirishi butunlay taqiqlanadi. Ular orasida Afg‘oniston, Butan, Venesuela, Kuba, Eron, Liviya, KXDR, Somali, Sudan, Suriya va Yaman bor.
AQSH ushbu 43 davlat fuqarolarining kirishini cheklashi mumkin
Ikkinchi toifaga Rossiya, Belarus, Eritreya, Haiti, Laos, Myanma, Pokiston, Serra-Leone, Janubiy Sudan va Turkmaniston kiradi. Bu mamlakatlardan faqat badavlat tadbirkorlarga AQSHga kirishga ruxsat beriladi, turistlar va immigrantlar kiritilmaydi.

Uchinchi guruh vaqtinchalik bo‘lib, ularga immigratsiya masalalaridagi kamchiliklarni tuzatish sharti qo‘yiladi. Shundan so‘ng ular birinchi yoki ikkinchi toifaga tayinlanadi. Vaqtinchalik ro‘yxatga Angola, Antigua va Barbuda, Benin, Burkina-Faso, Kamboja, Kamerun, Kabo-Verde, Chad, Kongo Demokratik Respublikasi, Dominika, Ekvator Gvineyasi, Gambiya, Liberiya, Malavi, Mali, Mavritaniya, Sent-Kits va Neviss, Vanuatu va Zimbabve kabi davlatlar kiradi.

AQSH prezidenti Donald Trampning mamlakatlarni immigratsiya toifalariga ajratish niyati o‘tgan haftada ma’lum bo‘lgan edi. Endi ularning to‘liq ro‘yxati e’lon qilindi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.