Dunyo shokoladsiz qolishi mumkin


Tez orada dunyoda shokolad tanqisligi kuzatilishi mumkin. Olimlar Lotin Amerikasidagi kakao daraxtlarini tadqiq qilganlaridan so‘ng, shu to‘xtamga kelishdi. Chunki daraxtlar jiddiy kasallangan. Bu haqda “Qalampir” xabar bermoqda.
Afrikada esa kakao daraxtlarida bunday kasallanish hali kuzatilmagan. Lekin, ayni vaqtda shokolad uchun kakao etishtirib beruvchi asosiy manbaa Lotin Amerika sanaladi.
Olimlarning ta’kidlashicha, daraxtlarning jiddiy zararlanishi mavsum quriqlashib ketgani bilan bog‘liq.
Iqtisodchilar shokolad narxi ko‘tarilsa ham unga bo‘lgan talab dunyo bo‘ylab kamaymasligini aytmoqda.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













