Gollivud yulduzlari qanday taomlarni sevib iste’mol qilishadi?

Gollivud yulduzlari qanday taomlarni sevib iste’mol qilishadi?
Gollivud filmlarini tomosha qila turib, xushbichim, sarvqomat aktyorlarga havas bilan qaraymiz. O‘z-o‘zidan savol tug‘iladi: ular nima tanovul qiladi? Ularning ideal qomatiga qarab barcha yulduzlar qattiq parhezga rioya qiladi, fastfudlar ular uchun taqiqlangan deb o‘ylash mumkin, ammo bunday emas.

Elvis Presli
Gollivud yulduzlari qanday taomlarni sevib iste’mol qilishadi?
Foto: Google Images
Rok-n-roll qiroli araxis moyi va bananli sendvichni juda yaxshi ko‘rar edi, uni nonushta, tushlik va kechki ovqatga ham iste’mol qilaverardi. Bu sendvich ba’zan yulduzning nomi bilan ataladi.

“Elvis Preslining hayoti va oshxonasi” kitobida Rok-n-roll qiroli do‘stlari bilan shaxsiy samolyotda Denverga sevimli taomi uchun uchib ketgani haqida hikoya qilinadi: Fool’s Gold Loaf sendvichi, “Ahmoqlar oltini”, Colorado Mine Company restoranida ixtiro qilingan va tayyorlangan. Yulduz uchun aerodromga o‘nlab sendvichlar va shampan vinosi yetkazilgan. Ikki soatlik ziyofat to‘g‘ridan to‘g‘ri samolyot angarida tashkil etilgan. Shundan so‘ng Elvis Memfisdagi uyiga uchib ketgan.

Dueyn Jonson
Gollivud yulduzlari qanday taomlarni sevib iste’mol qilishadi?
Foto: Google Images
Kinoaktyor o‘zining doimiy parhezi va intensiv mashg‘ulotlari bilan mashhur, lekin uning ham o‘ziga xos zaif tomonlari bor. Bu sushi, u ko‘pincha restoranlarda sushi to‘la katta idish oldida tushgan fotosuratlarini joylashtiradi.

Jennifer Lourens
Gollivud yulduzlari qanday taomlarni sevib iste’mol qilishadi?
Foto: Dzen
Jennifer o‘z intervyusida Los Anjelesdagi sevimli pitsseriyalaridan oddiy pishloqli pitssa buyurtma qilishni yaxshi ko‘rishini aytgan. Aktrisa hatto vazn yo‘qotishni talab qiladigan rolni rad qilishga tayyor, lekin pitssani emas. “Oskar” mukofoti sohibi ortiqcha kaloriyalarni sport zalida yo‘qotishni afzal ko‘radi.

Skarlet Yoxansson
Gollivud yulduzlari qanday taomlarni sevib iste’mol qilishadi?
Foto: Dzen
Aktrisa meksika taomlarini juda yaxshi ko‘radi. Lavash xamiriga maydalangan go‘sht, pishloq, guruch, pomidor va achchiq sous surtilib o‘ralgan klassik burrito — bu Skarlett yo‘q deya olmaydigan taom.

Penelopa Kruz
Gollivud yulduzlari qanday taomlarni sevib iste’mol qilishadi?
Foto: Dzen
Ispan go‘zali kaloriyali taomlar uning suratga olishda sarflangan energiyasini qayta tiklashga yordam beradi, deb hisoblaydi. Shuning uchun pissa, makaron va boshqa qovurilgan, yog‘li taomlar uning ratsionida doimo mavjud.

Lady Gaga
Gollivud yulduzlari qanday taomlarni sevib iste’mol qilishadi?
Foto: Dzen
Lady Gaga tushlikka ham, kechki ovqatga ham salatlar tanovul qilishni yaxshi ko‘radi. U salatlarida faqat ko‘katlarning o‘zidan emas, turli xil ingrediyentlardan foydalanishni yoqtiradi. Uning shaxsiy oshpazi bo‘lishiga qaramay, u o‘zi ham mazali taomlar pishira oladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.