Rossiya qurolli kuchlarining 448-raketa brigadasi zarbaga uchradi

Rossiya qurolli kuchlarining 448-raketa brigadasi zarbaga uchradi
Ukraina Qurolli Kuchlari 13 aprelda Sumiga qilingan raketali zarba uchun javob sifatida Rossiyaning Kursk viloyatida joylashgan 448-raketa brigadasiga hujum uyushtirdi.

Ukraina Bosh shtabi ma’lumoticha, hujum 15 aprel kuni amalga oshirilgan. Sumiga qilingan zarba bilan bog‘liq «qator obyektlar» nishonga olingan. 448-brigadaga zarba berilganda o‘q-dorilarning «ikkilamchi portlashi» kuzatilgan. Hozircha zarba oqibatlari aniqlashtirilmoqda.

Rossiya Mudofaa vazirligi bu hujum haqida izoh bermagan. Shu bilan birga, Rossiya tomoni Kursk viloyatida 109 ta dron urib tushirilganini ma’lum qilgan. UUA hujumi natijasida bir kishi halok bo‘lgan, to‘qqiz kishi yaralangan, uylar va avtomobillarga zarar yetgan.

Eslatib o‘tamiz, 13 aprel kuni Rossiya Sumi markaziga ikkita «Iskander-M» raketasi bilan zarba berib, 35 kishi halok bo‘lgan edi. Rossiya Mudofaa vazirligi bu zarbani «Seversk» guruhi qo‘mondonlik yig‘ilishiga qaratilib berilganini aytgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.