Gollivud yulduzlarini 10 yilga yoshartirayotgan “sehrli dori”...

Gollivud yulduzlarini 10 yilga yoshartirayotgan “sehrli dori”...
Gollivud yulduzlarining muxlislari orasida abadiy yoshlik uchun “sehrli dori” mavjudligi haqida nazariya paydo bo‘ldi, chunki bir yil ichida ba’zi mashhur shaxslarning yuzlari tanib bo‘lmas darajada o‘zgardi.

Kristina Agilera, Lindsi Lohan, Demi Mur, Selena Gomes, Madonna, Donatella Versache, Enn Heteuey, Sharliz Teron va boshqa ko‘plab mashhur ayollarning tashqi ko‘rinishida keskin va sirli yosharish kuzatildi.
Gollivud yulduzlarini 10 yilga yoshartirayotgan “sehrli dori”...
Foto: Instagram
Ijtimoiy tarmoqlarda yuzduzlar bilan bog‘liq bu hodisa fillerlar, biorevitalizantlar, losos urug‘i suyuqligi va ekzosomalar kabi innovatsion kosmetik muolajalar va preparatlarning ta’siri ekanligi taxmin qilindi.
Gollivud yulduzlarini 10 yilga yoshartirayotgan “sehrli dori”...
Foto: Instagram
“Ilgari o‘sish omillarini bemorlarimizning qonidan olgan bo‘lsak, endi ularni suyak iligi yoki kindik ichakchasidan va hatto biomuhandislik orqali ham olamiz. Bunday muolajalar terining qarish jarayonini sezilarli darajada sekinlashtirishi mumkin. Bu estetik dermatologiya olamini butunlay yangi bosqichga olib chiqadi”, deydi kaliforniyalik plastik jarroh doktor Trapati.
Gollivud yulduzlarini 10 yilga yoshartirayotgan “sehrli dori”...
Foto: Instagram
Botoks va plastik jarrohlikdan voz kechish yo‘nalishi “sezilmaydigan (ko‘zga ko‘rinmaydigan) go‘zallik davri” deb nomlandi. U terida hech qanday chandiq, choklar va hatto ineksiyalardan qolgan vaqtinchalik izlarning yo‘qligini nazarda tutadi.
Gollivud yulduzlarini 10 yilga yoshartirayotgan “sehrli dori”...
Foto: Instagram
Ammo ba’zilar yulduzlarning yangi yuzlari plastik jarrohlarning mehnati ekanligiga ishonishdi. OAVda hatto nyu yorklik iste’dodli shifokor — Stiven Levinning ismi ham paydo bo‘ldi.
Gollivud yulduzlarini 10 yilga yoshartirayotgan “sehrli dori”...
Foto: Instagram
Doktor yuzni tortish, rinoplastika, ko‘z qovoqlarini yoshartirish, tana konturini shakllantirish va ko‘krak operatsiyalari bo‘yicha ish olib boradi. Levin SuperDoctors va NY Top Docs platformalari tomonidan eng yaxshi plastik jarrohlardan biri deb topilgan. Ammo uning ijtimoiy tarmoqlarda shaxsiy sahifalari yo‘q va u o‘z ishlarini reklama qilmaydi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.