Bayden saraton davosi uchun dorilarni ichishni boshladi

Bayden saraton davosi uchun dorilarni ichishni boshladi
AQSHning sobiq prezidenti Jo Bayden onkologik kasallikni davolash maqsadida maxsus dori vositalarini qabul qila boshladi. Bu haqda u Delaver shtatida jurnalistlar bilan suhbat chog‘ida ma’lum qildi.Bayden saraton davosi uchun dorilarni ichishni boshladi

\"Barchasi oddiy bir tabletkadan boshlanadi. Olti hafta davomida bir xil dori ichaman, so‘ngra boshqasiga o‘taman. Hech qaysi a’zolarim zarar ko‘rmagan, suyaklarim sog‘lom va mustahkam\", — dedi u suhbat davomida.

Baydenning ta’kidlashicha, u va yaqinlari bu xastalikni yengib o‘tishga ishonch bilan yondashmoqda. Unga taxminan 30 yil avval shunga o‘xshash tashxis qo‘yilgan tajribali jarroh muolaja qilmoqda.

Siyosatchi o‘zini yaxshi his qilayotganini va davolanish jarayoni ijobiy kechayotganini ma’lum qildi. Baydenning bu bildiruvi keng jamoatchilikda qiziqish uyg‘otdi.

Hozircha rasmiy manbalardan tashxisning aniq turi oshkor qilinmagan bo‘lsa-da, uning so‘zlaridan davo jarayoni yaxshi nazorat ostida ekani anglashiladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Charos
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.